| 1.1.1 |
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ichki idoraviy hujjatlarning mavjudligi, sifatli to'ldirilgani va zaruratga qarab yangilanib borilishi
Izoh va mezonlarBarcha 15 ta hujjat qabul qilingan, sifatli to'ldirilgan va yangilangan bo'lsa — TB; 11–14 tasi — AB; 7–10 tasi — QB; 0–6 tasi — B. Hujjatlar yagona yoki bir nechta buyruq (qaror) bilan tasdiqlanishi mumkin. |
Tasdiqlangan hujjatlarning elektron shakli |
3 |
| 1.2.1.1 |
Korrupsiya haqida xabar berishga mo'ljallangan kamida 4 ta aloqa kanalining tashkil etilgani, ishchi holatdaligi va murojaatlar natijalari haqidagi yillik hisobotning rasmiy veb-saytda joylashtirilgani
Izoh va mezonlarMasalan: rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqdagi sahifa, ishonch telefoni, elektron manzil. Murojaatlar kelib tushmagan bo'lsa — bu haqda tasdiqlangan (imzolangan va muhrlangan) ma'lumot saytga joylanadi. Agentlikning "Qayta aloqaning sirli mijozi" tadbiri natijasida taqdimnoma kiritilgan bo'lsa — 0 ball. |
Rasmiy veb-saytdagi ma'lumotlar havolasi |
1 |
| 1.2.2.1 |
Rasmiy veb-saytda bo'sh (vakant) ish o'rinlari, korrupsiya xavfi yuqori lavozimlardagi xodimlar rotatsiyasi to'g'risidagi e'lon va axborotlarning mavjudligi
Izoh va mezonlarE'lonlar joylashtirilgan sanasi ko'rsatilgan holda to'liq va muddatida joylashtirilgan bo'lsa — TB. Muddat: davlat fuqarolik xizmati organlarida vakant lavozim paydo bo'lgandan so'ng 15 ish kunida; boshqa tashkilotlarda tanlovdan kamida bir oy oldin. |
Rasmiy veb-saytdagi ma'lumotlar havolasi |
3 |
| 1.2.3.1 |
Ishga qabul qilinayotgan nomzodlar ustidan o'tkazilgan tekshiruvlar
Izoh va mezonlar100% nomzod tekshirilgan — TB; 70–99% — AB; 30–69% — QB; 0–29% — B. |
Ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish reyestri |
3 |
| 1.2.3.2 |
Manfaatlar to'qnashuvi aniqlangan holatlar va ularni tartibga solish bo'yicha ko'rilgan choralar Agentlik baholaydi
Izoh va mezonlarBall aniqlangan holatlar va ko'rilgan choralarning yetarliligidan kelib chiqib, Agentlik tomonidan 0–5 oralig'ida belgilanadi. Holatlar mavjud bo'lmasa va bu vakolatli organlar tomonidan platforma orqali tasdiqlangan bo'lsa — 5 ball. Vakolatli organlar ta'sir choralari qo'llagan yoki taqdimnoma kiritgan bo'lsa — 0 ball. |
Manfaatlar to'qnashuvini hisobga olish reyestri, odob-axloq komissiyasi bayonnomalari |
5 |
| 1.2.3.3 |
Kontragentlar ustidan o'tkazilgan tekshiruvlar
Izoh va mezonlar100% kontragent tekshirilgan — TB; 70–99% — AB; 30–69% — QB; 0–29% — B. Davlat nazorati organlari davlat xaridlarida affillanganlik bo'yicha ta'sir choralari qo'llagan yoki taqdimnoma kiritgan bo'lsa — B. |
Xo'jalik shartnomalari to'g'risida ma'lumot, kontragentlarni tekshirish reyestri, xulosalar nusxasi |
3 |
| 1.2.3.4 |
Davlat tashkilotida sovg'ani qabul qilish, tasarruf etish tartibining amalga oshirilganligi
Izoh va mezonlarSovg'alarni tasarruf etish masalasi to'liq hal etilgan va sovg'alar reyestri rasmiy veb-saytda joylashtirilgan bo'lsa — TB. Sovg'a qabul qilinmagan va bu haqda tasdiqlangan ma'lumot saytda joylashtirilgan bo'lsa ham — TB. |
Rasmiy veb-saytdagi ma'lumotlar havolasi |
1 |
| 1.2.4.1 |
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotlarning mavjudligi va sifatli to'ldirilgani
Izoh va mezonlarHar chorak yakuni bo'yicha keyingi oyning birinchi o'n kunligida Agentlikka sifatli hisobot taqdim etilgan bo'lsa — TB; uchta chorak bo'yicha — QB; kamida uchta chorak bo'yicha taqdim etilmagan — B. Muddatdan keyin taqdim etilgan hisobot taqdim etilmagan deb qaraladi. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi haqida umumiy hisobot va davlat dasturi ijrosi hisoboti |
3 |
| 1.2.4.2 |
Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillar samaradorligini monitoring va nazorat qilish rejasidagi tadbirlarning bajarilgani Agentlik baholaydi
Izoh va mezonlarReja har yili yanvarda rahbar tomonidan tasdiqlanadi. Monitoring: tizim aktualligi va standartlarga muvofiqligi (doimiy); OAVdagi axborotlar (doimiy); xodimlar xabardorligi (yarim yilda 1 marta). Nazorat: dasturlar va "yo'l xaritalari" ijrosi (har chorak); talablarga rioya etilishi (har chorak). Yakuniy ball Agentlik tomonidan belgilanadi. |
Reja, monitoring va nazorat jurnali, ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar |
5 |
| 1.2.4.3 |
Moliyaviy mablag'lardan (budjet, budjetdan tashqari va o'z mablag'lari) foydalanish ustidan ichki nazorat tadbirlarining o'tkazilishi va samaradorligi Agentlik baholaydi
Izoh va mezonlarNazorat tadbirlari hisobot davrida kamida 2 marta, markaziy apparat tomonidan o'tkazilishi lozim. Tashqi organlar jiddiy moliyaviy qonunbuzarlik aniqlagan bo'lsa — 0 ball. Yakuniy ball Agentlik tomonidan belgilanadi. |
Nazorat natijalari (holat, qoidabuzarlik turi, zarar, undirilgan summalar), dalolatnomalar, tasdiqlangan chora-tadbirlar va ijrosi |
5 |
| 1.2.4.4 |
Korrupsiyaga oid jinoyatlarning sabablari va shart-sharoitlarini, shu jumladan maishiy korrupsiyani bartaraf etish choralarining ko'rilgani
Izoh va mezonlarAgentlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar taqdimnomalari, sud xususiy ajrimlari bo'yicha tahliliy ma'lumot mavjud va choralar to'liq ko'rilgan bo'lsa — TB. Taqdimnoma/ajrim kelib tushmagan bo'lsa — 1 ball. |
Tahliliy ma'lumot va ko'rilgan choralarni tasdiqlovchi hujjatlar |
2 |
| 1.2.4.5 |
Korrupsiyaga oid jinoyat va ma'muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud holatlarni tashkilotning o'zi aniqlash ko'rsatkichi
Izoh va mezonlarFormula: A / (A + B) × 100. A — tashkilot aniqlab, tegishli organlarga yuborgan holatlar; B — boshqa tashkilotlar ma'lumotlari asosida aniqlangan holatlar. B = 0 bo'lsa — 3 ball. 100% — TB; 70–99% — AB; 30–69% — QB; 0–29% — B. |
Aniqlangan holatlar soni, yuborilgan hujjatlar, xizmat tekshiruvlari reyestri |
3 |
| 1.2.4.6 |
Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid odob-axloq qoidalari buzilish holatlarini tashkilotning o'zi aniqlash ko'rsatkichi
Izoh va mezonlarFormula: A / (A + B) × 100. A — tashkilot aniqlab, intizomiy jazoga tortgan holatlar; B — boshqa tashkilotlar ma'lumotlari asosida intizomiy jazoga tortilgan holatlar. B = 0 bo'lsa — 3 ball. Holat intizomiy jazo qo'llangan sanadan hisobga olinadi. |
Kadrlar bo'limi tasdiqlagan ma'lumot, xizmat tekshiruvlari reyestri |
3 |
| 1.2.4.7 |
Xodimlar o'rtasida anonim so'rovnomalar o'tkazilgani va natijalari idoraviy rejalarda aks ettirilgani
Izoh va mezonlarSo'rovnoma yiliga kamida bir marta barcha yo'nalishlar bo'yicha o'tkazilib, natijalari rejalarda aks ettirilgan va hisobot saytda bo'lsa — TB, aks holda — B. |
Natijalar aks ettirilgan idoraviy rejalar, saytdagi hisobot havolasi |
2 |